Prezident ikki hudud bojxona boshqarmasi rahbarlarini almashtirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Prezidentining joriy yilning 2 avgustidagi F-5488-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Olimjon Hamidjonovich Xojimatov Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi F-5489-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Xayrullo Narzulloyevich Fayzulloyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing