Prezident qizi Saida Mirziyoyevani Ursula fon der Lyayen bilan tanishtirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘ng‘ich qizi, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevani Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan tanishtirdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“Forum doirasida Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan shaxsan tanishganimdan mamnunman. Ursula fon der Lyayen xonimning yetakchiligi va iqlim kun tartibini ilgari surishdagi izchilligi ilhom bag‘ishlaydi hamda samarali xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen 2 aprel kuni "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi sammitda qatnashish uchun Samarqandga keldi. Kecha, 3 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning huzurida Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bugun, 4 aprel kuni esa ular “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti va Samarqand xalqaro iqlim forumida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Ursula fon der Lyayen Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing