Prezident qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab namozxonalar tashkil etiladi
Jamiyat
−
14 fevral 2020
13575Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston turizm magistrali” bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma ob’ektlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi “Vaqf” xayriya jamoatchilik jamg‘armasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston turizm magistrali” (Xonobod-Mo‘ynoq) bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma ob’ektlari – kafe, savdo nuqtalari, ma’lumot burchagi, dam olish va ko‘ngilochar joylar, tahoratxona va nomozxonalar yaratish bo‘yicha Islom taraqqiyoti banki mablag‘larini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil qilingan “O‘zbekiston turizm magistrali” (Xonobod-Mo‘ynoq) turizm transport koridori bo‘ylab avtomagistral yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi yaratilayotgan yo‘l bo‘yi infratuzilmasi ob’ektlari joylashishini aniqlash, ularga yer uchastkalari ajratish va qurilish uchun ruxsat olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:
• 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavr va magistrlarni tayyorlashda mamlakatning tegishli oliy ta’lim muassasalarida “MICYe turizm”, “Ekoturizm” fanlarini joriy etishni ta’minlaydi;
• ikki oy muddatda respublikada xorijiy oliy ta’lim muassasalarini, shu jumladan, turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan filiallarini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
• uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi akademik immigratsiyani rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqiladi:
• chet ellik yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni, shu jumladan chet eldagi vatandoshlarni (keyingi o‘rinlarda xorijiy olimlar va o‘qituvchilar deb ataladi) kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga jalb etish;
• soddalashtirilgan tartibda “akademik viza” turini chet ellik olimlarga, o‘qituvchilarga va ularning oila a’zolariga kontrakt muddati davomida uni respublikadan tashqariga chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnoma berish;
• O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnoma yoki “akademik viza”ga ega bo‘lgan xorijiy olimlar va o‘qituvchilar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
LiveBarchasi