Prezident qarori bilan “InterForum” DUK tashkil etildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kongress-ko‘rgazma tadbirlarini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda tashkil etish va o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qaror bilan, “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi huzurida yangi ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK negizida “InterForum” DUK tashkil etildi.

“InterForum” keyinchalik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkaziladi va uning ta’sischiligida mehmonxona xizmatini ko‘rsatuvchi “InterHotel” MCHJ tashkil etiladi.

“InterForum”ning asosiy vazifasi xalqaro kongress-ko‘rgazma tadbirlarni o‘tkazish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing