Prezident qanday bankirlar kerakligini aytdi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
8455O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari yig‘ilishda banklarning bugungi islohotlar samarasidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
“Islohatlarimizni zamirida bank tizimini ulushi juda katta. Bank tizimida bozor iqtisodiyotiga munosib bo‘lib, xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qanday harakatlar, qanday qadamlar qo‘yyapmiz? – degan savol hammamizni qiynashi kerak. Shu oy ichida 8 ta bankga 1,16 mlrd dollar berish haqida qaror imzolandi. Oxirgi ikki yil ichida banklarni kapitilizatsiyasiga 3,03 mlrd dollar mablag‘ berdik. “Bugun hamma banklar berilayotgan mablag‘dan samarali foydalanib, yalpi ichki mahsulot va ish o‘rinlarini ko‘paytirish to‘g‘risida o‘ylayaptimi?”, degan savol meni qiynaydi. Ming afsus yo‘q desak bu adolatdan bo‘ladi. Xizmatlar sifati mutlaqo talabga javob bermaydi. Banksiz qanday islohat qilish mumkin, qani takliflar?”, deb fikr bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng Prezident bugungi xususiy va davlat banklaridagi depozit hamda bank sohasiga qanday rahbarlar kerakligi haqida so‘z yuritdi.
“Mana xususiy banklarda ustav kapitaliga nisbatan aholi depozitlari ikki yarim barobargacha ko‘p. Davlat banklarida bu ko‘rsatkich 20 foiz. Bular odamlarga borib xizmat qiladi. Yangi loyihalar topadi. Ko‘maklashadi. Xonadonlarga borib ko‘maklashsangiz, bu pul tezroq qaytadi, pul bo‘ladi. Meni eng katta talabim, mijoz topish, resurs jalb qilish. Kreditni kimga ajratish to‘g‘risida o‘zi bosh qotiradigan raxbar kerak. Agar sizlar o‘zgarmasangiz, bank o‘zgarmas ekan, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘zgarmaydi”, dedi Prezident.
LiveBarchasi