Prezident ishtirokidagi mustaqillik bayrami jonli efirda namoyish etilmadi
Jamiyat
−
31 avgust 2019
8322Bugun, 31 avgust – O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan kun. Ayni vaqtda mamlakatda mustaqillikning 28 yilligi keng nishonlanmoqda. An’anaga ko‘ra, poytaxtda joylashgan “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida mustaqillik bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Odatga ko‘ra, O‘zbekistondagi bunday bayram tadbirlari televideniye orqali jonli efirda namoyish etilardi. Biroq, bu yil tarixda birinchi bor, ushbu tantanali marosim jonli efirda namoyish etilmadi. Buning sabablari hozircha ma’lum emas.
Mamlakatdagi davlat telekanallari Mustaqillik bayram tantanalari bo‘lib o‘tayotgani va unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagani haqida lavha efirga uzatish bilan chegaralandi.
LiveBarchasi