Toshkentda mast haydovchi Lacetti’da ikki piyodani urib ketib, Spark bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 17 sentyabr kuni taxminan soat 02:00 da 31 yoshli Farrux T. Lacetti’ni mast holda Sergeli tumani Chinor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borgan. Chinor va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga to‘qnashib, so‘ng chetda turgan ikki nafar piyoda — 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi Spark’ga to‘qnashgan. Haydovchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganini, ammo ular tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Lacetti urib yuborgan ikkala piyoda ham shifoxonaga yetkazilgan. YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing