Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
10:53 2076 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida Toshkent – Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:30 larda, Sh. Rashidov tumani Bobur MFY hududidan utgan M-39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining 986 kilometrida Buxoro viloyatida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi Yutong rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusini “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda yo‘lning belgilangan joyidan qayrilib harakatlanayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomondan, ya’ni “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Shacman rusumli yuk tashuvchi transport vositasi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Bildirilishicha, ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q hamda Yutong rusumli avtobusda bo‘lgan ayrim yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Howo rusumli yuk transport vositasining avtoulovga ulangan yarim tirkamasi chiqib ketib, yo‘l chetida joylashgan xonadonga borib urilgan edi.
Live
Barchasi