Andijonning ayrim hududlarida elektrdan uzilish bo‘ladi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
4575Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda “Andijon HETK” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 19 noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Andijon viloyatining ayrim hududlarida viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli "Maslahat" podstansiyasi 1-SSH 10 kVda mukammal ta’mirlash ishlari olib borililadi. Shu sababli, Oltinko‘l tumanidagi “Ittifoq”, “Saroy-1”, “Maslahat”, “Xasan-Xusan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.
“Ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 17 noyabr kuni Namangan viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi