Prezident farmoni: O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi
Jamiyat
−
22 fevral 2019
5156O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Farmon bilan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi etib qayta nomlandi.
“Ijtimoiy fikr” markazining har bir soha bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi.
Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari Hukumat va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi.
Markazda aholi o‘rtasida blits-so‘rov o‘tkazish uchun call-markaz tashkil etiladi.
2019/2020 o‘quv yilidan tegishli oliy ta’lim muassasalarida sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi.
LiveBarchasi