Prezident energetikaga doir yangi qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

•    2020 yil 1 avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish bo‘yicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi iste’molchilari darajasida belgilanadi;

•    sanoat ko‘lamidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlar auksion (tanlov) orqali aniqlanadi.

•    2020 yil 15 iyuldan 31 dekabrgacha 750 kVAgacha bo‘lgan quvvatda ulangan hamda qo‘shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi iste’molchilar (Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi bo‘yicha 1,5 baravar kamaytirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi;

•    yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov kiritish to‘g‘risidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Qaror bilan 3,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd. m³ tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

energetika

Baholaganlar

189

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing