Zelenskiy Rossiya bilan ba’zi masalalarda murosaga tayyorligini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan energetika va g‘alla masalalarida murosa qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti“ xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda energetika va g‘alla masalalari nafaqat Ukraina va Rossiya, balki dunyoning ko‘plab davlatlari uchun ham muhim ekanini aytgan. Uning qayd etishicha, bu masalalar Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Misr, Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor.

“G‘alla va energetika – Ukraina va Rossiya uchun og‘riqli masalalar. Bu butun dunyo uchun ham og‘riqli masala. Bugun Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Osiyo va boshqa ko‘plab davlatlar uchun ham bu muhim. Biz murosa qilishga tayyormiz”, degan Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina Prezidenti ehtimoliy kelishuv faqat Kiyevning yon berishi hisobiga bo‘lmasligi kerakligini bildirgan. Uning aytishicha, Ukraina allaqachon ko‘plab murosali qadamlarni tashlagan va bundan keyin Rossiya tomonidan ham qarshi qadamlar bo‘lishi zarur.

“Biz allaqachon juda ko‘p murosaga bordik. Biz doimo bir tomonlama ravishda oldinga qadam tashlaydigan yagona tomon bo‘lib qolmasligimiz kerak“, degan Prezident.

Shunday qilib, Zelenskiy energetika va g‘alla masalalarida kelishuvga erishish uchun Kiyev muzokaraga tayyor ekanini, biroq buning uchun Moskvadan ham amaliy qadamlar kutilayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush qishda ham davom etishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing