Prezident DXA direktorini boshqa ishga o‘tkazdi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
12393O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlandi.
Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yil dekabr oyidan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi