Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
4413Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisi o‘rinbosarligiga tasdiqladi. Oliy sud raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yil 12 dekabridan 2020 yilning 30 iyuniga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligini boshqargan.
Keyin Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi, tizim qayta tashkil etilgach esa, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.
To‘raxo‘jayev shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Lukmon Muxtarovich Qodirov, Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Abdurasul G‘apporovich Eranovni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
LiveBarchasi