Kadastr agentligiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan yangi tashkil etilgan Kadastr agentligiga direktor tayinlandi.

Qarorga muvofiq, Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev bundan avval qisqa vaqt Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi lavozimida ishladi. U 2020 yil iyun oyi oxirida qo‘mitaga rais bo‘lgandi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yil dekabr oyidan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ташкил etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalilillo To'raxo'jaev

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing