O‘zbekistonda o‘nta vazir ishdan olinishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada bitta viloyat hokimi va bitta vazir ishdan olinishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Ammo yaqin kelajakda Hukumat tarkibida boshqa lavozimiy o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zA Prezidentdan iqtibos keltirib xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripovga o‘nta vazirni ishdan olish kerakligini aytgan.

“Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Bosh vazirga aytganman, o‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak, deb. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas”, degan Prezident.

Davlat rahbari kadrlardagi o‘zgarishlar haqida aytgan bo‘lsa-da, kimlarning ishdan ketishiga to‘xtalmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripov

Baholaganlar

1670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing