Prezident bir nechta vazir va vazir o‘rinbosarlarini mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan qator Hukumat a’zolari ham taqdirlandi.

Abduvaliyev Abduraxman Abdulxayevich – O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Zakirov Batir Irkinovich – O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan;

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Musayev Behzod Anvarovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich – O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;

Sultanov Alisher Saidabbasovich – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri mukofotlandi.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Vafayev Shuxrat Abdusharifovich – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari;

Muxitdinov Erkin Madorbekovich – O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari;

Sultanov Dilshod Shuxratovich – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari mukofotlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev mukofot

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing