Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Jamiyat 3470
image

9 oktyabr – “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida katta baram tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokor va hamshiralar, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirok etgan marosimda Davlatimiz rahbarining Tibbiyot xodimlariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bir guruh tibbiyot xodimlariga davlat rahbarining farmoniga muvofiq mukofotlarni topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov soha xodimlarini Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabrikladi.

1

Bayram san’at ustalari konserti bilan yakunlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxanova ishtirok etdi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 78
Reyting: 3.2
t
×