Prezident aytgan tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar bo‘lishi va senator etib tayinlanishini aytib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 21 yanvar kuni Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi qaroriga ko‘ra shu paytga qadar Kengash raisining birinchi o‘rinbosari – “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Javlonov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga shu paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rahmat Mamatov respublika mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Mahalla Kengashiga Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevdek mutaxassis zarurligini ta’kidlab, mazkur lavozimga Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov munosib ko‘rilayotgani aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahalla fondi Rahmat Mamatov

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing