Prezident ayollarga o‘z qo‘li bilan mukofotlarni topshirdi (fotoreportaj)
Jamiyat
−
07 mart 2020
13531O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 mart kuni “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmonga muvofiq Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yo‘lidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 4 martdagi Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bugun poytaxt Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, joylarda onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha namunali faoliyat olib borayotgan 287 nafar xotin-qizga “Mo‘’tabar ayol” nishonlari berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari to‘kin dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.
Bayram katta konsert dasturi bilan yakunlandi.
LiveBarchasi