Prezident avtokredit stavkasini pasaytirishni buyurdi

Jamiyat

image

Aholining mahalliy avtomobillarga talabini rag‘batlantirish maqsadida avtokredit stavkasi pasaytiriladi va hajmini oshirish chorasi ko‘riladi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z raisligida o‘tayotgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mutasaddilarga topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni ishlab chiqarishni boshlash muhim ekani ta’kidlangan. Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarur.

Yig‘ilishda aholining mahalliy avtomobillarga talabini rag‘batlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini ko‘rish topshirilgan.

Dehqon va fermerlarda bog‘dorchilik traktori, ko‘chat ekadigan, hosil yig‘adigan, kartoshka kavlaydigan agrotexnikalarga talab ortib bormoqda. Chirchiqdagi klaster to‘liq quvvatda ishlab, agrotexnikalarni arzon narxda chiqarsa, lizing kompaniyalari bilan qulay moliyaviy instrumentlar qilib berilsa, dehqon va fermerlar yiliga kamida 15 mingta texnikani sotib olishga tayyor.

Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga har bir imkoniyatni mana shunday tahlil qilib, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik o‘sishni ta’minlashga moslab qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda sanoatda qo‘shilgan qiymat ulushi 40,7 foizdan 43 foizga ko‘paygani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev avtokredit avtokredit stavkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing