Italiya gubernatorlaridan biri karantinga olindi
Olam
−
27 fevral 2020
5202Italiya koronavirus o‘chog‘i bo‘lmish Lombardiya hududi gubernatori Attilio Fontana xodimlaridan biri ushbu kasallikka chalinganidan so‘ng karantinga olindi.
O‘tgan hafta o‘z hududida avj olgan kasallik va unga qarshi chora-tadbirlar borasida bir necha marta matbuot anjumanini o‘tkazgan Attilio Fontana 26 fevral kuni bu haqida Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.
"Hozircha menda hech qanday infeksiya yo‘q, shuning uchun ishlashni davom ettirishim mumkin ... lekin ikki hafta davomida izolyatsiya sharoitida yashashimga to‘g‘ri keladi" degan u Facebook’da.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyaning moliyaviy poytaxti Milanda joylashgan Lombardiyada 300 dan ortiq odamdan koronavirus uchun olingan tashxis ijobiy chiqdi va ushbu hududda 10 kishi vafot etdi.
Butun Italiyada bugunga qadar 453 kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 12 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi