Prezident qarori: Yuk va yo‘lovchi tashish tizimi tubdan takomillashtiriladi
Jamiyat
−
05 mart 2019 13065 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan 2019 yil 1 iyuldan quyidagilar bekor qilinadigan bo‘ldi:
a) xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya kartochkalarini berish uchun davlat bojini to‘lash tartibi;
b) quyidagilarni majburiy sertifikatlash:
"Yevro-5" va "Yevro-6" ekologik sinflari talablariga javob beradigan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan hamda olib kiriluvchi yangi yuk va maxsus avtotransport vositalarni, shuningdek, yuklarni avtomobil transportida tashish uchun tirkama va yarim tirkamalarni;
transport-ekspeditorlik xizmatlarini;
v) yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjudligi to‘g‘risidagi talabni, agar chek berilishi yoki yo‘lovchi safarini elektron ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lsa;
g) malaka talablariga muvofiqlik uchun attestatsiyadan o‘tish to‘g‘risidagi talab:
avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
korxona shtatida avtotransport vositalari ekspluatatsiyasi va tashuvlar xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassis alohida birligi mavjud bo‘lganda, shuningdek, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganda, yuridik shaxsning rahbari;
d) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslar balansida avtotransport vositalarining mavjudligi to‘g‘risidagi talab.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral