Prezident Aliyev rafiqasi bilan chang‘i uchgani bordi (fotoreportaj)
Olam
−
30 dekabr 2019
7881Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati Prezident Aliyevning rafiqasi va qizi bilan hordiq chiqarayotgani aks etgan suratlarni tarqatdi. Unda qayd etilishicha, kuni kecha 58 yoshni qarshilagan davlat rahbari 27 dekabr kuni rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva va qizi Leyla Aliyeva bilan "Shohdog‘" qishki turizm markaziga borib, hordiq chiqargan.
G‘usor tumani markazidan 32 km uzoqlikda joylashgan "Shohdog‘" sayyohlik markaziga poydevor 2009 yil sentyabr oyida Prezident Ilhom Aliyev ishtirokida qo‘yilgan. Ozarbayjon va butun dunyodagi eng ilg‘or loyihalardan biri bo‘lgan "Shohdog‘" sayyohlik markazi o‘zining yil davomida uzluksiz ishlay oladi. Ushbu loyihani amalga oshirish Ozarbayjonda chang‘i sporti va boshqa qishki sport turlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib bergan.
Prezident Ilhom Aliyev mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan suhbatlashgan. Sayyohlar "Shohdog‘" sayyohlik markazida yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishgan.
LiveBarchasi