Toshkentda jamoat transportlarining faoliyatini boshlash kuni o‘zgardi
Jamiyat
−
14 avgust 2020
16808O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan jamoat transportlari faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.
Biroq, keng jamoatchilikning talabidan kelib chiqib barcha turdagi jamoat transportlarini 17 avgust emas, 15 avgustdan jumladan, yo‘nalishli taksilar ham faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamoat transportidagi harakatlanishda har taraflama karantin talablari rioya etilishi qat’iy nazoratga olinadi.
Toshkent shahridan Toshkent viloyati hududiga chiquvchi barcha avtobus yo‘nalishlari faoliyati ham qayta tiklanadi.
“Aziz yo‘lovchilar! Yo‘l va transportda yurganda karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha me’yorlarga amal qiling. Zero, birgina e’tiborsizlik tufayli kasallik qayta avj olishiga sabab bo‘lmang”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr