Prezident Administratsiyasida ayollarga yuqori lavozim berildi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
15887Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha:
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) Mass-media bilan ishlash va uni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Gulruxsor Qudratovna Hatamova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘basi mudiri lavozimiga;
- AOKA Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Lolaxon Alisherovna Jabbarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘basi bosh konsultanti lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda ayollardan ilk bor, Dilnoza Murodovna Ziyamuhamedovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan edi.