Prezident Administratsiyasida ayol kishi yuqori lavozimni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi. 

Unga ko‘ra, Administratsiya Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri Dilnoza Murodovna Ziyamuhamedovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

Bugungacha Dilnoza Murodovna Ziyamuhamedova Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Bugungacha Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov esa O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing