Prezident Administratsiyasi o‘qituvchilarni “begona” vazifalardan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadigan barcha ortiqcha vazifalarni taqiqlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi. Bu haqda Administratsiya rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov Telegram-kanali orqali xabar berdi. 

“Xalq ta’limi vazirligi hamda tegishli mutassaddilarga o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan barcha ortiqcha vazifalarni inventarizatsiya qilish hamda ularni taqiqlash yuzasidan administratsiya tomonidan tegishli ko‘rsatma berildi”, deydi Allamjonov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, bloger Nikita Makarenko Toshkentda o‘qituvchilar mikrohudud bo‘yicha maktab yoshiga yetgan bolalarni uyma-uy yurib, ro‘yxatga olishga majburlanayotgani haqida yozgan edi. 

Shundan so‘ng, Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva ushbu holat bo‘yicha chora ko‘rilishi kerakligini so‘rab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing