Prezident Abduvohitov va Abduhakimovga 3 topshiriq va avgustgacha muhlat berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev “2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov bilan birgalikda:

2019 yil 1 iyulga qadar – 2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillar davrida respublikada oliy ta’limni rivojlantirish tizimi bo‘yicha ustuvor vazifalar, talablar va chora-tadbirlar amalga oshirilishi samaradorligini puxta va har tomonlama tahlil qilishi;

2019 yil 1 avgustga qadar – tanqidiy tahlil qilish asosida: birinchi – oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini va moliyalashtirish holatini mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning natijadorligi; ikkinchi – tasdiqlangan kompleks dasturlarga (chora-tadbirlarga) optimal tuzatishlar kiritish; uchinchi – tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ularga yuklangan maqsadli vazifalarni amalga oshirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarining shaxsiy javobgarligi choralari bo‘yicha aniq takliflar kiritishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdujabbor Abduvohitov Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing