Prezident 29 tadbirkorga mukofotlarni topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 avgustdagi farmoniga muvofiq, Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Bugun, 22 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan o‘tkazgan muloqotida 29 nafar fidoyi va ilg‘or tadbirkorlarga ana shu orden va medallarni topshirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlarni bayram bilan tabriklab, tadbirkorlar mamlakat iqtisodiy qudratini oshirishda asosiy kuch ekanini ta’kidlagan.

“Jamiyatda tadbirkorlarning obro‘si va mavqei kun sayin yuksalib, ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, o‘z nufuzi va brendiga ega bo‘lgan ishbilarmonlar tobora ko‘payib bormoqda. Davlat idoralarida ham ularga munosabat tubdan yaxshilandi. Tadbirkorlarga nisbatan mana shunday yondashuv bundan keyin ham iqtisodiy siyosatimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 avgustdagi farmoyishi bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etiilgan edi. Ushbu mukofotga sazavor bo‘lgan 100 nafar tadbirkorga ham joylarda ushbu yangi ko‘krak nishoni topshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing