Prezident 16 nafar hokim o‘rinbosarini ishdan oldi 

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 ta tuman va bir shahar hokimining o‘rinbosarini ishdan oldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektorda ko‘plab sharoitlar yaratib berilganiga qaramasdan, Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida kambag‘allik darajasi yuqoriligicha qolayotganini tanqid qilgan. 

Shuningdek, tadbirkorlik sohasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgani aytildi. 

Shu munosabat bilan Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

“Biz mahalladagi ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, biznesini boshlashi uchun har yili o‘nlab trillion so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratayapmiz. Lekin, ularning samaradorligini baholaydigan tizim yo‘q”, dedi Prezident.

Misol uchun, so‘nggi uch yilda 300 ming ishsiz aholi kasbga o‘qitilgan bo‘lsada, ularning atigi 45 foizi doimiy ish bilan ta’minlangan. Vaholanki, bu ishlarga qariyb 1 trillion so‘m byudjet mablag‘lari yo‘naltirilgani qayd etilgan.

Shuningdek, jami 17 ta monomarkazda IT, agrotexnologiyalar, dizayner, elektron tijorat, logistika, reklama ishi, marketing kabi yuqori daromadli zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish ulushi 5 foizga ham yetmasligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi M.Mirqosimov va Yangiyo‘l tumani hokimi U.Yalgashev hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilgandi. Shuningdek, 26 ta soliq idorasi rahbari ham ishdan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing