Prezident 144 mln dollarlik sement zavodida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilgan “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan olib kelingan zamonaviy texnologiya va uskunalar o‘rnatildi.

Loyiha qiymati qariyb 144 million dollar bo‘lgan korxonaning birinchi bosqichi yakunlangan. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladi va 750 ming tonna sement eksport qilinadi, 1 125 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

“Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yerosti boyliklar ko‘p. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarili barcha elementlar bor. Bundan oqilona foydalanishimiz, xalqimiz manfaati uchun ishlatishimiz kerak”, dedi Prezidentimiz. 

Shuningdek, kelgusida 12 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilish orqali quruq qurilish aralashmalari, gidratlangan ohak, temir-beton mahsulotlari ham tayyorlash rejalashtirilgan. 

Shu yerda viloyatda sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Viloyatning har bir tumanida 9-12 qavatli uylar qurish, Denov tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, tumanda erkin iqtisodiy zona tashkil etish, viloyat eksport salohiyatini oshirish, ko‘proq investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 



Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tsement zavodi

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing