Prezident huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to‘g‘risida” farmonni imzoladi. 

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va har bir hududda uning bo‘limlari tashkil etilmoqda.

Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar a’zodan iborat bo‘ladi, ularning:

•    18 nafari Prezident tomonidan tayinlanadi;
•    18 nafari mahalliy NNTlar orasidan tanlab olinadi;
•    14 nafari hududiy jamoatchilik palatalari vakillari.

Hududiy jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Ular hududlarda faoliyat olib borayotgan NNTlar, ilmiy doiralar, OAVlar va keng jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi.

A’zolarning vakolat muddati — 3 yil.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyati tugatiladi.

“Mening fikrim” veb-portali Jamoatchilik palatasi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Jamoatchilik palatasi:

•    Fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida yillik milliy ma’ruzalar tayyorlaydi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish 
•    hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar beradi;
•    Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim va dolzarb masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi;
•    Davlat organlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berish talabini yuborish huquqiga ega.

Jamoatchilik palatasi Raisi maqomiga ko‘ra vazirga, uning 3 ta o‘rinbosari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Jami shtat birligi – 115 nafar.

Jamoatchilik palatasi apparati Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 1A-uy manzilida joylashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing