Prezident hujjatlari ijrosini Adliya vazirligi nazorat qiladi
Jamiyat
−
30 dekabr 2020
3401Har qancha dolzarb, muhim qonun, farmon, qaror qabul qilinmasin, ular ijro qilinmasa, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar samarasizligicha qoladi. Ijro qilinmagan qonun qabul qilinmagan qonundan zararliroq. Chunki, u qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xabarida keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, bundan buyon, Adliya vazirligining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilish hicoblanadi.
Hujjatlarda belgilangan ijrochilar tomonidan ayrim masalalarda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda, adliya organlari tomonidan topshiriq to‘laqonli tushuntirib berish choralari ko‘riladi. Bunda, adliya organlariga zarur sharoitlar yaratiladi.
LiveBarchasi