Prezident hokimlarga yangi topshiriqlar berdi

Jamiyat

image

Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlari bir oy muddatda kamida mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar o‘rnatishi kerak. Bu topshiriqni ularga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berdi.

Prezidentga ko‘ra, mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlari bir oy muddatda 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlashi, mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar o‘rnatishi lozim. Bunga joriy yilda 50 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar yo‘naltiriladi.

“Daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va to‘lovlar 1 yilgacha saqlanib qoladi. Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

Mahallalarga hosildor urug‘, ko‘chat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yig‘ilishda Prezident dehqonchilik qilayotgan aholi takliflari asosida ular ko‘targan muammolar yechimlarini aytib o‘tdi. Jumladan:

•  yil yakunigacha yana qo‘shimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi (jami 100 ming gektar bo‘ladi);

•  kelgusi yilda yana qo‘shimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar bo‘ladi).

“Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qo‘shimcha 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamchisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident hokimlar

Baholaganlar

423

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing