Prezident hibslangan 44 kishini afv etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 mart Navro‘z bayrami munosabati bilan jazoni o‘tash koloniyalarida qolayotgan 44 nafar mahbusni afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon matni "O‘zbekiston-24" telekanalining Axborot dasturida o‘qib eshittirildi.

Afv etilganlardan 7 nafari jazodan to‘liq ozod etilgan, 11 nafari esa shartli ravishda ozod etilgan. Shuningdek, 12 kishining jazosi yengillashtirilgan, 13 kishining jazo muddati qisqartirilgan.

Umumiy hisobda 30 kishi o‘z oilalari bag‘riga qaytadi. Afv etilganlar orasida faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan 60 yoshdan oshgan 2 kishi, 23 yoshli 5 nafar ayol bor.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Prezidentfarmoni Afv

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing