Prezident harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risida qaror imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror harbiy xizmat

Baholaganlar

608

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing