“Terakt uchun qasos olamiz”. Rossiyada urushga borishni xohlovchilar soni keskin oshdi (video)
Olam
−
03 aprel
36977Rossiyaning Moskva va boshqa shaharlarida shartnoma asosida harbiy xizmatga borishni xohlovchilar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan beri 100 mingdan ortiq kishi shartnoma bo‘yicha Rossiya Qurolli kuchlariga qo‘shilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi bir yarim hafta ichida tanlov punktlarida "maxsus harbiy operatsiyada" qatnashish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzmoqchi bo‘lganlar soni sezilarli darajada oshgan.
Har kuni mamlakat bo‘ylab 1700 nafargacha fuqaro urushga borish uchun saralash markazlariga kelmoqda. Umuman olganda, so‘nggi 10 kun ichida 16 mingga yaqin fuqaro Ukrainaga borish uchun shartnoma imzolagan.
“O‘tgan hafta davomida Rossiya shaharlarida ko‘ngillilar bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida ko‘pchilik nomzodlar shartnoma tuzishning asosiy sababi sifatida 2024 yil 22 mart kuni Moskva teraktida halok bo‘lganlar uchun qasos olish ekanini bildirgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2024 yil oxirigacha Rossiya Qurolli kuchlari ikkita birlashgan qurolli armiya va o‘ttizta tuzilma, jumladan, o‘n to‘rt diviziya va o‘n olti brigadani shakllantirishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi