Prestianni “Real”ga qarshi o‘yin oldi Madridda gap-so‘zga qoldi 

Sport

image

Portugaliyaning “Benfika” jamoasi futbolchisi Janluka Prestianni Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Real Madrid”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan Madridda haqoratlarga uchramoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Lissabon klubi Madridga yetib kelganida, futbolchi mehmonxona oldida bir guruh muxlislar kutib olgan va uni og‘zaki haqoratlar bilan kamsitgan. 

“Benfika” delegatsiyasi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan mashg‘ulotlar paytda, ayrim madridlik muxlislar Prestianniga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA argentinalik futbolchini diskvalifikatsiya qilgandi va tashkilot mazkur voqeani o‘rganishni boshlagan. Ta’kidlanishicha, Prestianni ushbu jamoalar ishtirokidagi dastlabki uchrashuvda Vinisius Juniorning og‘zini futbolkasi bilan yopib, uni haqoratlagan. Aynan shu epizod intizomiy chora qo‘llanishiga sabab bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Benfika” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 1:0 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangan edi. Javob bahsi esa bugun, 25 fevral kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vinisius Junior “Real Madrid” “Benfika” Janluka Prestianni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing