Premer-liganing eng yaxshi yosh futbolchisi nomi e’lon qilindi
Sport
−
11:54 749 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasining 21 yoshli futbolchisi Niko O’Reyli 2025-2026 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun Angliya professional futbol ligasi (PFA) tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu sovrinning o‘ziga xos jihati shundaki, g‘olib professional futbolchilarning ovoz berish natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
O’Reyli o‘tgan mavsumda “Manchester Siti”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Akademiyada asosan yarim himoyachi sifatida tarbiyalangan angliyalik futbolchi keyinchalik chap qanot himoyachisi sifatida ham muvaffaqiyatli harakat qildi.
O’Reyli PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan “Manchester Siti”ning to‘rtinchi futbolchisi bo‘ldi. Bunga qadar Leroy Sane, Raxim Sterling va Fil Foden ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. Foden esa mukofotni ikki marta yutib olgan.
Shuningdek, O’Reyli 2025-2026 yilgi mavsumda “Etihad” stadionida “Manchester Siti”ning yil futbolchisi deb ham toplangan.
Live
Barchasi