Pravoslav cherkovi rahbari Nazarboyevni mukofotladi

Olam

image

Qozog‘iston Pravoslav cherkovi rahbari Aleksandr mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga mamlakatda dinlararo totuvlikni mustahkamlagani uchun "Alg‘is" ordenini topshirdi. Bu haqda Elboshining rasmiy saytida xabar berilgan. 

“Siz mamlakat ravnaqi uchun ko‘p ish qildingiz. Ulardan eng muhimi, dinlararo tinchlik va millatlararo totuvlik. Bular odamlar o‘zlarini qulay, farovon va yaxshi yashashlarini his qilishlari uchun davlatni rivojlanishiga imkon beradigan ikkita ustundir”, degan Ostona va Qozog‘iston mitropoliti. 

Nazarboyev dinlararo va millatlararo tinchlik va totuvlikni saqlashdagi sa’y -harakatlarini yuqori baholaganligi uchun ruhoniyga minnatdorlik bildirgan va barcha pravoslav fuqarolarini Rojdestvo bayrami bilan tabriklagan. 

"Mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq biz barcha etnik guruhlar va diniy konfessiyalarning bag‘rikengligini, do‘stligini va ishonchini mustahkamlashga qaratilgan siyosatimizni e’lon qildik. Aynan shu birlik va do‘stlikda barqarorlik va rivojlanish yotadi. Qozog‘istonning barcha pravoslav fuqarolarini Rojdestvo bayrami bilan tabriklayman. Ular mamlakat taraqqiyotiga, do‘stlik va barqarorlikni mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shadilar. Barchangizga farovonlik, yorqin bayramona kayfiyat va oilaviy baxt tilayman", degan Nursulton Nazarboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing