“Prava”siz qirolicha Jaguar boshqaruvida qasr bo‘ylab sayr qildi

Olam

image

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II avtomobil boshqarib ketayotganini ko‘rishgan. U Jaguar rusumli mashina rulida bo‘lgan. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasi yozmoqda

Qayd etish kerakki, bunga qadar shifokorlar 95 yoshli monarxga ikki hafta dam olishni tavsiya qilishgan edi. Aynan sog‘lig‘i sababli qirolicha xalqaro siyosiy maydondagi bir qator chiqish va uchrashuvlarini bekor qilgan.

Xabarga ko‘ra, Janobi Oliylari o‘tgan yildan beri ko‘p vaqtini o‘tkazayotgan, London yaqinidagi Vindzor qal’asi hududida yolg‘iz holda avtomobil boshqargan. Qirolichaning mashina boshqarayotgani aks etgan surat Yelizaveta II joriy yilning 20 oktyabr kuni tunni shifoxonada o‘tkazganidan beri OAVda paydo bo‘lgan ilk fotolavhadir. Ushbu suratda u qora ko‘zoynakda va boshiga ro‘mol o‘ralgan holda aks etgan. 

Queen seen outside for first time since illness as she drives herself  around Windsor estate - Flipboard

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari oxirgi marta joriy yilning 19 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Global sarmoyaviy sammit munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda omma oldiga chiqqan edi. Oradan ko‘p o‘tmay monarx idorasi qirolicha shifokorlar maslahati bilan Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilgani haqida xabar berdi. 

Joriy yilning 20 oktyabr kuni u dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga tashrif buyurdi va ertasi kuni tushlik paytida Vindzor qal’asiga qaytib kelgan. ITV telekanalining xabar berishicha, 21 oktyabrga o‘tar kechasi Yelizaveta II London markazidagi qirol Eduard VII nomidagi shifoxonada qolgan

Bukingem saroyi tomonidan 29 oktyabr kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, Yelizaveta II  yana ikki hafta shifokorlar maslahati bilan dam olishda davom etadi, biroq og‘ir bo‘lmagan vazifalarni bajara oladi. Shu bilan birga, monarx idorasida ma’lum qilinishicha, u qirollik harbiy mojarolarda qurbon bo‘lgan britaniyaliklarga hurmat bajo keltiradigan 14 noyabr kuni o‘tkaziladigan Memorial milliy marosimida ishtirok etish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Bukingem saroyi shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra monarx bugun, 31 oktyabr kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida ochilgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.

Davlat rahbari rulda

Qirolicha rulda tez-tez ko‘zga tashlanadi. Biroq, Yelizaveta II 2019 yilda  jamoat yo‘llarida mashina haydashni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Britaniya matbuotining yozishicha, Ikkinchi jahon urushi davrida tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi sifatida o‘qitilgan monarxning bunday qarorga kelishi oson bo‘lmagan. Haydash ishqibozi sifatida qirolicha o‘zining Jaguar, Range Rover va Land Rover mashinalarida tez-tez gazetalarning birinchi sahifalaridan joy oladi.

Qayd etish kerakki, Janobi Oliylarida haydovchilik guvohnomasi yo‘q. U Buyuk Britaniyada litsenziyasiz haydashga ruxsat berilgan yagona odamdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing