Pragada uchta hayvonda koronavirus aniqlandi
Olam
−
26 fevral 2021
3547Pragadagi hayvonot bog‘ida ikki hind sheri va 30 yoshli erkak gorilla koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda bog‘ direktori Miroslav Bobek ma’lum qilgan.
"Tekshiruvlarimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, hind sherlari Jamvan va Suxi hamda erkak gorilla Richard koronavirusga chalingan", degan Bobek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sherlar biroz shamollagan va yo‘talmoqda, gorillada esa ovqat yemaslik va charchoq kuzatilmoqda.
Koronavirus hayvonlarga hayvonot bog‘i xodimlaridan yuqqan bo‘lishi mumkin.
Hayvonot bog‘i direktori boshqa hayvonlar ham sinovdan o‘tkazilishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi