Praga Ukrainaga qo‘lidan kelgan barcha yordamni berib bo‘ldi – Chexiya Prezidenti
Olam
−
23 mart 2023
8168Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel Praga Ukrainaga maksimal darajada yordam bergani va bu borada o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, respublikada snaryad ishlab chiqarish quvvatlari mavjud, ammo ishchi kuchi yetarli emas. Bu haqda u “Suddeutsche Zeitung” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Chexiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda qo‘lidan kelganicha yordam berdi, ammo endi buning imkoni yo‘q”, deydi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya havo mudofaasi (havo hujumidan mudofaa) va o‘q-dorilar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, biroq asosiy muammo mamlakatdagi ishsizlik darajasining yuqoriligidir. Uning ta’kidlashicha, nazariy jihatdan bu muammoni ukrainalik ishchilarni taklif qilish orqali hal qilish mumkin.
Pavel Germaniyaning Leopard 2 tanklarini Kiyevga topshirish qarorini, shuningdek, Polsha va Slovakiyaning Ukrainaga MiG-29 qiruvchilarini yuborish niyatini olqishladi. Uning fikricha, 2023 yil Ukraina hududida harbiy harakatlar rivojlanishi nuqtai nazaridan hal qiluvchi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy joriy yilning 14 mart kuni mamlakat yaqin 4-6 hafta ichida o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq, 17 mart kuni Slovakiya hukumati 13 ta MiG-29 qiruvchisini Ukrainaga topshirishni ma’qulladi.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainada snaryadlarning kunlik iste’molini hisoblab chiqqan va bu G‘arb mamlakatlaridagi ularni ishlab chiqarish darajasidan oshib ketishini aytgan edi.
LiveBarchasi