PPX xodimlariga fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish kerakligi aytildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati brigadasining shaxsiy tarkibi bilan Kadrlar boshqarmasi, IIV Toshkent shahri bo‘yicha O‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qonunchilik va xizmat intizomi buzilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida xizmat intizomi buzilishi sabablari muhokama qilindi. Savol-javob tariqasida shaxsiy tarkibning respublika va poytaxtda hodisalar haqida ma’lumot tekshirildi. Shaxsiy tarkib bilan xodimlarning xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish holatlari muhokama qilindi.

“Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga xizmat vazifasini olib borish davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, ibrat bo‘lish kerakligi eslatildi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

PPX

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing