PPX xodimlari fuqaroni BOMJ deb, kaltakladimi?

Jamiyat

1539814.1.1554954653

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari 57 yoshli Baxtiyor Mametov ismli fuqaroni kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Unda PPX xodimlari go‘yoki ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlovchi Mametovni yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs –BOMJ (ruscha bez opredelyonnogo mesta jitelstva) degani va kaltaklagani aytilgan.

Toshkent shahar IIBB mazkur holatga izoh berib, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, voqea 9 aprel kuni Yashnobod tumanida yuz bergan. Soat 18:10 da Aviasozlar massivi 4-kvartalda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi fuqarodan 102 ga qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Fuqaro uyining eshigini mast holatdagi erkak taqillatayotganini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori va PPX xodimlari u yerda o‘zini Baxtiyor Mametov deb tanishtirgan fuqaroni uchratishgan. Avval bu erkak jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilgani va jamoat tartibini buzganligi uchun bir necha marotaba ichki ishlar organlariga olib borilgan.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Mametov aniq yashash joyiga ega emas va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sotib yuborilgan uyda ro‘yxatda turadi. Shuningdek, u ish joyiga ham ega emas.

Shu sababli xodimlar tomonidan unga yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga hamda ishga joylashtirish bo‘yicha yordam taklif etilgan. Ammo, Baxtiyor Mametov bu taklifni rad etgan.

Mametov yuzidagi ko‘karishlar sababini ham tushuntirib bergan. U bu izlar uning yuzida qanday paydo bo‘lganini eslolmasligini va ular birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan boshqa shaxslar bilan janjal vaqtida olingan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent PPX

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing