Poytaxtning yana ikki tumanida “svet” o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyul kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo‘yildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va tarmoqlardagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtinchalik o‘chirilgan:

  • Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Yashnobod tumani: “Bahor” va “Tashisti”  MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kuz-qish svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing