Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 24 noyabr kuni Toshkentning Shayxontohur va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida gaz taqsimlash punktini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Shu sababdan quyidagi ko‘chalarda vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi:

  • Shayxontohur tumani — 24 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Nurobod” ko‘chasidagi 43 ta xonadonda;
  • Yangihayot tumani — 24 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar “Olchazor”, “Birlik”, “Sergeli 11”, “Lutfikor” ko‘chalaridagi 320 ta yerli xonadon hamda 7 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing