Poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi ayrim hududlarda qariyb ikki kun davomida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi D-600 mm katta suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borish tufayli 22 may kuni soat 9:00 dan 23 may soat 20:00 gacha Mirobod tumanidagi ayrim hududlarni issiq suv ta’minotidan o‘chirib qo‘yish rejalashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, Mirobod RU-1, Nukus ko‘chasi, 1-pr Katta Mirobod, 7-tor Mironshoh, Avliyoota ko‘chasi, Gospital dahasi, Mirobod, Katta Mirobod, Avliyoota-Nukus, Afrosiyob-Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, 1-tupik Nukus, Istiqbol, Shahrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Afrosiyob, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshyog‘och, G.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon hamda I.Karimov ko‘chalaridagi xonadonlar issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.

Umumiy hisobda 388 ta iste’molchilar issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing