Poytaxtning 2020 yilgi byudjeti ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
4589Poytaxt Toshkentning 2020 yil uchun byudjeti 3,5 trln so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
2020 yilda byudjetning katta qismi ijtimoiy sohaga va kapital qurilishga: yangi yo‘llar, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari va maktablar qurishga sarflanadi.
Hokimlik vakili o‘tgan yilda Toshkentda 350 ta uy qurib bitkazilib, 15972 ta xonadon o‘z egalariga topshirilganini ma’lum qildi. Bu 2018 yildagi ko‘rsatkichdan 90 taga ko‘proq ekani ta’kidlandi.
Poytaxtning 2019 yilgi byudjeti o‘zini oqlagan va belgilangan ishlarga yetgan. Ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimligi shahar mulkini ijaraga berishdan har yili 20 mlrd so‘mdan ziyodroq daromad oladi.
Qayd etiliishicha, Toshkentda bo‘sh yer qolmagan. Biror sub’ektga tegishli bo‘lgan yer maydonlari bor. Ammo ular yerdan samarali foydalanmaydi. Ushbu yer uchastkalarining samaradorligini oshirish uchun dastur va loyihalar ishlab chiqilyapti.
LiveBarchasi